Kuz
Dilshod Rajab
Kuzak yurish
Boshlandi.
Ya’ni urish
Boshlandi.
Sarg‘ayib so‘ldi
Ko‘plab
Yam-yashil barg-u
O‘tlar.
O‘riklar ol yaprog‘in,
Ya’ni qizil
Bayrog‘in
Yerga tashladi
Bir-bir,
Kuzakka bo‘lib
Asir.
Uzum osildi
Dorga,
Olma-yu nok,
Anorlar—
Barchasi
Bitta bitta
Kirdi qaznoq—
Yashikka.
Avaxta—o‘ralarga,
Ham zindon—
To‘rvalarga
Tiqildi ko‘p
Asirlar—
Sholg‘om, piyoz,
Sabzilar.
…Bu g‘alaba
Kuzniki,
Endi marra bizniki!
Bolalar
Dilshod Rajab