Kuz taomnomasining siri
Darvoqe, iste’mol qilinadigan ovqat tarkibidagi quvvat organizm sarflaydigan energiya miqdoridan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Nonushta, tushlik, kechki ovqatni ham juda to‘yib yemang. Undan so‘ng esa darhol yotib olish zarardir. Iste’mol qilinadigan ovqatning 35-40 foizga yaqini ertalab nonushtada, 40 foizga yaqini tushlikda, qolganini kechki payt yeyish lozim. Kechki ovqatni uxlashdan 2-3 soat oldin yeyish zarur. Undan oldin toza havoda 1,5-2 km asta-sekin piyoda yurib sayr qilish uyquning osoyishta bo‘lishini ta’minlaydi va tanning sog‘, ruhning baquvvat hamda yengil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.Kuz taomnomasining siri
DO`STLARGA ULASHING:
Kuzda havo o‘zgaruvchanligi, haroratning pasayishi yoki ko‘tarilishi ham hazm tizimi a’zolariga aks ta’sir ko‘rsatadi. Bunda me’dada shira ajralishi o‘zgaradi. Undagi oziq moddalarini parchalaydigan fermentlar miqdori sezilarli ta’sirga uchraydi. Ushbu o‘zgarishlarni sog‘lom hayot tarzi uchun albatta, e’tiborga olish, ya’ni ovqatlanish rejimida taomlarni shu fiziologik jarayonlarni inobatga olgan holda tanlab iste’mol qilishimiz zarur.
Avvalo, bu faslda kuchli va yog‘li bo‘lgan ot go‘shti qo‘shilgan taomlarni iloji boricha kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kuzda asosan yurtimizda aholi tomonidan asrlar davomida keng iste’mol qilib kelinayotgan moshxo‘rda, moshkichiri, qovoq sho‘rva, mastava, qaynatma sho‘rva, ugra oshi kabi taomlar jonga rohat, tanga quvvat bo‘ladi. To‘kin-sochin faslda meva-sabzavotlar vitaminlarga to‘yingan vaqt hisoblanadi. Ko‘katlar, sarimsoqpiyoz, sholg‘om solingan sho‘rva, dimlama me’da-ichak tizimida shira ajralishini kuchaytiradigan taomlar sirasiga kiradi. Ularni istagancha iste’mol qilish mumkin.
Yoz faslida issiqda odam ko‘p terlaydi. Bu suyuqlik bilan birga organizmdan vitaminlar va mikroelementlar, tuzlar, elektrolitlar kabi moddalar odatdagidan ko‘ra ko‘p miqdorda yo‘qotiladi. Tabiat qonuniga ko‘ra inson o‘z organizmini qishga tayyorlashi lozim. Issiq kunlarda vujud o‘ziga kerakli moddalarni kuzda to‘ldirib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vitaminlarga va mikro hamda makroelementlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun esa meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak. Chunonchi, nok, behi, olma, uzum, sabzi, lavlagi, pomidor va shu kabi mahsulotlarni xomligicha, yoki ulardan tayyorlangan sharbat va kompotlarni iste’mol kilib turish organizmning ichki muvozanatini tiklaydi. Meva va sabzavotlarni tanovul etishdan oldin, albatta, suvda yaxshilab chayish shart.
Ma’lumki, O‘zbekistonda ko‘pchilik quyuq, yog‘li ovqatlarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Quyuq ovqat xususiga kelganda ular juda yog‘li bo‘lmasligi zarur. Masalan, qovurdoq, kabob, qovurilgan lag‘mon, palov kabi taomlarni kuzning salqin kunlarida yeyish maqsadga muvofiqdir. Keksalarda ko‘pincha qabziyat kuzatiladi. Shuning uchun ular tushlik vaqtida “achchiq-chuchuk” ya’ni, shakarob, shuningdek, qizil lavlagi, sabzi, karamdan tayyorlangan va qatiq, suzma, smetana (suyuq qaymoq) solingan salatlarni ovqat bilan birga iste’mol qilishlari me’da osti bezining faoliyatini yaxshilaydi. Kechki ovqatdan so‘ng sabzi yoki olma sharbatini ichish tavsiya qilinadi. Bolalar serharakatligi sababli ular organizmining suvga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Bu ehtiyojni qondirish uchun ularga qaynatilgan suv, kompot va turli sharbatlarni yetarli mikdorda berib turish lozim. Yosh bolaning sog‘lom o‘sishi, chiniqishi, immuniteti kuchli bo‘lishi uchun oqsillar, mineral tuzlar, vitaminlar, mikro va makroelementlar, probiotiklar hamda boshqa ekologik toza, tabiiy oziq moddalar zarur. Ularga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda yangi sog‘ilgan sut va sut mahsulotlari ya’ni tvorog, kefir, pishloq, sariyog‘, suzma, tuxum va baliq foydalidir.
soglom.uz/tavsiya/kuz-taomnomasining-siri/
Kuz taomnomasining siri