KUY

KUY

KUY (qad. turkcha koʻch, xitoycha syuy — ohang soʻzidan) , melodiya — 1) musiqa sanʼatida asosiy ifoda vositasi, bir ovozli, badiiy tugʻallangan musiqiy fikr; turli balandlik va choʻzimdagi musiqiy tovush (toi)larning oʻzaro uyushib tugal shaklga tushgan birikmasi. Musiqiy jumla va ibo-ralarga boʻlinadi. Kuy bir ovozli musiqa tizimiga asoslangan monodiyada., shuningdek, koʻp ovozli polifoniya (boshqa ovozdagi kuylar bilan birgalikda) hamda gomofoniya (akkordlar yoki boshqa ovozlar joʻrligida) uslublarida namoyon boʻladi. Monodik musiqada Kuy tugal badiiy obrazning yagona musiqiy ifodasi hisoblanadi, koʻp ovozli musiqada esa badiiy mazmun bosh ovoz yoki bir necha ovozlar, shuningdek, garmoniya va kontrapunkt vositalari orqali ham ifodalanadi.

Ensiklopediya.uz
KUY