KUSTO
KUSTO (Cousteau) Jak Iv (1910.11.6, Sen-Andre-de-Kyubzak, Fransiyaning Bordo viloyati — 1997) — fransuz okeanografi, sayyoh. Suv ostida texnik vositalar yordamida tadqiqotlar olib borish va kinoga olishni boshlab beruvchilardan. Yoshligida oilasi bilan AQSHda yashagan. Fransiyaga qaytgach, Milliy oliy harbiy-dengiz maktabini tugatgan. 1933-y. dan harbiy kemada, keyinroq harbiydengiz aviatsiyasida xizmatini oʻtagan. 1942-y. K. suv osti jonivorlari haqida film yaratuvchi kompaniyaga asos soladi. 1952-y. dan tadqiqotlar olib boruvchi «Kalipso», 1985-y. dan «Alkiova» kemalariga rahbarlik qilgan. 1954-y. shu kemada Kusto Qizil dengiz va Hind okeaniga, Seyshel o. lariga joʻnab ketadi. Vatijada kino soxdsida yuksak mukofotlarga sazovor boʻlgan «Kusto guruhi sarguzashtlari», «Sokinlik dunyosi» kabi koʻp seriyali filmlar yaratildi. Akvalang (E. Ganyan bilan birga), suv osti uyi, «shoʻngʻuvchi likopcha» apparatini ixtiro qilgan. 1957-y. dan Movakodagi Okeanografiya muzeyi direktori. Ommabop kitoblar va filmlar muallifi.
Ensiklopediya.uz
KUSTO