KUSHONIYA
KUSHONIYA — Zarafshon daryosining oʻrta oqimida boʻlgan qad. viloyat va uning markaziy shahri nomi. Xitoy solnomalarida Fumo (Fumo-Chan) yoki Xe deb atalgan. Kushoniya viloyatining sharqiy chegarasi Sao viloyati (Oqdaryo shim. dagi yerdar) ga tegishli hududgacha 150 li (52 km), jan.-sharqiy chegarasi Kan (Samarqand) hududigacha 100 li (35 km), gʻarbiy chegarasi An (Buxoro) hududigacha 300 li (105 km) boʻlgan. Uning hududi aylanasi esa 1400 li (450 km) ga yaqin masofani tashkil qilgan. Mil. av. 2 — mil. 1-a. largacha Kushoniya viloyati Qangʻ davlati tarkibiga kirgan, soʻng kushonlar sulolasi va eftaliylarta tobe boʻlgan, mil. 6-a. oxiri — 7-a. 1-yarmida esa Sugʻd ixshidita itoat etgan.
Ensiklopediya.uz
KUSHONIYA