KURTAKXOʻR

KURTAKXOʻR

KURTAKXOʻR (Gmetocera ocellana F.) – kapalaqlar turkumining parvonalar oilasiga mansub hasharot. Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Uzoq Sharq, Shim. Amerikada tarqalgan. Kapalagi sariqkulrang, oldingi qanotining orqasida keng oq yoʻli bor, qanotlari yozilganda 1,5 sm. Lichinkasi avval oq, keyin pushtirang, oʻz. 10—13 mm. Gʻumbagi oʻz. 6,5—8,0 mm, qorin boʻgʻimlarida tikanlari bor. Qurti oʻz. 9—12 mm, jigarrang. Kurtakxoʻr barcha meva daraxtlari — olma, nok, shaftoli, olxoʻri va b. ning kurtagi, gʻunchasi, guli, bargini, yozning ikkinchi yarmida mevalarini zararlaydi. Kurtakxoʻrning birinchi va ikkinchi yoshdagi qurtlari yupqa pilla ichida, poʻstloq yoriqlarida, koʻpincha kurtaklarga yopishgan quruq barglar ostida qishlaydi. Koʻklamda qurtlari rivojlanayotgan kurtaklarni tyoshib ovqatlanadi (kurtaklardan qurt chiqindisi bilan ifloslangan qoramtir shira tom-chilari chiqib turadi). Qurtlar meva barglarini oʻzlari ajratgan iplar bilan oʻrab, yaltiroq pilla ichida gʻumbakka aylanadi. May oyining 2-oʻn kunligida gʻumbakdan kapalaqlari uchib chiqadi. Bitta urgʻochi kapalak barg ustiga 70—180 tagacha tuxum qoʻyadi.

Ensiklopediya.uz
KURTAKXOʻR