KURS ISHI

KURS ISHI

KURS ISHIoliy oʻquv yurtlari talabalari tomonidan oʻquv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi prof.oʻqituvchilar rahbarligida talabalarda toʻplangan nazariy bilimdan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish koʻnikmasini yoki mavzuni chuqur oʻrganish maqsadida bajari-ladi. Kurs ishi ye, odatda, quyi kurslarda referativ (q. Referat), yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida oʻtkaziladi. Kurs ishi mavzui oliy oʻquv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi.

Ensiklopediya.uz
KURS ISHI