KURS haqida to’liq ma’lumot oling

KURS haqida to’liq ma’lumot oling

KURS (lot. cursus — yugurish, harakat) — 1) oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻquv davri, bosqichi (mas, birinchi Kurs, ikkinchi Kurs va h. k.);

2) biror fan va ilm sohasining muayyan doiradagi tugallangan bayoni (mas, taʼlimning Kurs tizimi);

3) dengiz va havo transportining tutgan yoʻli, yoʻnalishi (mas, kema K. i);

4) siyosat, ijtimoiy va b. faoliyatlarda yoʻnalish (mas, islohotlar Kurs);

5) bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodasi (q. Valyuta kursi);

6) birjada sotib olinadigan va sotiladigan aksiya, obligatsiya, veksel va b. qimmatbaho qogʻozlar bahosi, varxi;

7) tugallangan harakat, muolaja (davolash Kurs);

8) i. ch. va boshqarish, fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va b. sohalarda xodimlar tayyorlash va malaka oshirish shakllaridan biri.

Malumotlar
KURS