Kunni qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish kerak?
Kunni qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish kerak?
DO`STLARGA ULASHING:
Kunni qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish kerak? (Vaqtni samarali boshqarish uchun ilovalar)
• Google Kalendar
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.android.calendar&hl=ru)Ushbu ilovadan o‘z jadvalingizni tartibga solish, boshqa odamlar bilan uchrashuvlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ba’zi muhim vazifalar va voqealarni yozib olish va eslatish uchun foydalanishingiz mumkin.
Xizmat juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega, jumladan, o‘z kalendaringizni boshqalar bilan baham ko‘rish imkoniyati. Shuningdek Google hisobingiz yordamida kalendarga istalgan kompyuter yoki mobil qurilmadan kirishingiz mumkin.• Microsoft To Do
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.microsoft.todos&hl=ru&gl=ru)Doimo biror narsani rejalashtirasizmi? Microsoft To Do ilovasini sinab ko‘ring. Ish unumdorligingizni oshirishni xohlaysizmi, biror narsani unutib qo‘yishdan tashvishlanishni to‘xtatmoqchimisiz – Microsoft To Do bilan kuningizni osongina rejalashtirishingiz va hayotingizni qanday boshqarishni o‘rganishingiz mumkin.• TickTick
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ticktick.task&hl=ru&gl=ru)Samarali rejalashtirish uchun bir nechta vositalarni birlashtirgan funksional vazifalar menejeri. Kuningizdan unumli foydalanish va ishlarni tartibga solish (GTD) uchun ushbu ilova juda qulay. G‘oyani yozib olish, maqsad qo‘yish, topshiriqni bajarish, odatni belgilash, hamkasblar bilan loyihani yakunlash yoki oilangiz bilan xaridlar ro‘yxatini baham ko‘rish kerakmi – barchasini TickTick yordamida amalga oshirish mumkin.
• Any.do
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.anydo)Ushbu ilovada har bir vazifaga teglar, eslatmalar, kichik vazifalar va qo‘shimchalar qo‘shishingiz mumkin. Ustuvorlik funksiyasi asosiy narsaga diqqatni jamlashga va muhim narsani unutmaslikka yordam beradi va ro‘yxatlarni do‘stlar va hamkasblar bilan bo‘lishish va qo‘shma loyihalarni rejalashtirish mumkin.
Foydalanuvchini yanada rag‘batlantirishga yordam beradigan Focus opsiyasini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Agar u yoqilgan bo‘lsa va odam vazifani bajarmagan bo‘lsa, ilova virtual daraxtni yo‘q qiladi. Any.do ning yana bir xususiyati ilova tomonidan avtomatik ravishda tasniflanadigan xaridlar ro‘yxati.Savol: Vazifalar menejeri ilovalaridan foydalanasizmi va ular vaqtingizni samarali boshqarishda yordam beradimi?
Kunni qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish kerak?