KUMA-MANICH BOTIGʻI

KUMA-MANICH BOTIGʻI

KUMA-MANICH BOTIGʻIKavkaz oldini Sharqiy Yevropa tekisligidan ajratib turuvchi tektonik botiq. Toʻrtlamchi davrda Kaspiy va Azov dengizlarini birlashtirib turgan. Eni 20—30 km (markaziy qismida 1—2 km). Shoʻr koʻl koʻp (eng kattasi — Manich-Gudilo), suv omborlari, Kuma-Manich kanali qurilgan. K.-M. b. ning sharqida Sharqiy Manich va Kuma vodiylari, gʻarbida Gʻarbiy Manich daryosi vodiysi joylashgan. Betagachalov-shuvoq oʻsimliklari oʻsadi. K.-M. b. dan Yevropa bilan Osiyo oʻrtasidagi shartli chegara utgan.

Ensiklopediya.uz
KUMA-MANICH BOTIGʻI