KULON TAROZI
KULON TAROZI — nuqtaviy elektr zaryadlar va magnit qutblarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga moʻljallangan burama tarozi. Sh. Kulon ixtiro qilgan (1784). 1789-y. da G. Kavendish K. t. dan gravitatsion oʻlchashlarni va gravita-sion doimiyn aniqlashda foydalangan. Kulon tarozi shisha idish ichida ingichka metall yoki kvars ipga (Kulon 76 sm li kumush toladan foydalangan) osilgan shisha shayindan iborat. Shayinning bir uchiga yengil metall sharcha va ikkinchi uchiga posangi mahkamlangan (rasmga q.). Tarozi kallagi yordamida ipni va unga osilgan shayinni vertikal oʻq atrofida burish mumkin.
Ensiklopediya.uz
KULON TAROZI