KUKUNOR haqida to’liq ma’lumot oling

KUKUNOR haqida to’liq ma’lumot oling

KUKUNOR (mongol tilida — moviy koʻl) , Sinxay — Xitoydagi okmas shoʻr koʻl, Markaziy Osiyoda eng katta. Vanshan togʻlarining sharqiy qismida, 3205 m balandlikda. Oʻz. 105 km cha-masida, eni 65 km gacha, mayd. 4,2 ming km2, eng chukur joyi 38 m. Qirgʻoqlari kam parchalangan; koʻlning qad. terrasalari saqlangan. Bir necha qumli orol bor. K. ga 23 daryo quyiladi, ular ichida eng sersuvi — Buxin-Gol daryosi delta hosil qiladi. Yozda koʻl suvi t-rasi 18—20° ga yetadi, noyabrdan mart oyigacha muzlaydi. Baliqqa boy. Sinxayxu fauva buyurtma qoʻriqxonasi tashqil etilgan.

Malumotlar
KUKUNOR