KUGULTINOV David Nikitich
KUGULTINOV David Nikitich (1922.13.3, Choxan — Avganara qishlogʻi) — Qalmoq xalq shoiri (1969). Ijodi 1936-y. dan boshlangan. Qalmoq va rus tillarida ijod qiladi. Birinchi sheʼriy toʻplami — «Yoshlik sheʼrlari» (1940). «Moabit tutquni» (1958), «Sar-Gerel» (1963—64), «Aql qoʻzgʻoloni» (1965—71) kabi dostonlar; «Hayot va oʻylar» (1963— 67) va «Butun umr» (1939—67) sheʼrlar majmui hamda «Men sening tengdoshingman» (1966), «Aprel chaqirigʻi» (1975) kabi sheʼrlar toʻplami muallifi.
Ensiklopediya.uz
KUGULTINOV David Nikitich