KUCHUKTEPA

KUCHUKTEPA

KUCHUKTEPA — soʻnggi jez va ilk temir davriga oid qoʻrgʻon xarobasi (mil. av. 10—5-a. lar). K. Koʻhitang togʻining jan. yon bagʻrida, Ulanbuloqsoy boʻyida, Murzarabod qishlogʻi yaqinida joylashgan. Kuchuktepa aylana shaklda boʻlib, asosi 320 m, yuqori qismida 150 m ga yaqin. Bal. 8 m. Shim.-sharqiy tomonda alohida uylarning xarobalari joylashgan. Umumiy mayd. —0,5 ga. Yodgorlik L. I. Albaum tomonidan aniqlangan (1962). Arxeologik tadqiqot ishlari 1963—84 y. larda (uzilishlar b-n) olib borilgan (A. Asqarov). Yodgorlikning markaziy qismi toʻliq ochib oʻrganilgan. Kuchuktepa tarixida 4 ta meʼmoriy bosqich mavjud boʻlgan. 1-bosqichga oid bino 4 m qalinlikdagi maxsus sunʼiy koʻtarma ustiga qurilgan. Bino toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlib, shim., gʻarb va jan. tomonlardan mudofaa devorlari bilan oʻralgan . Binoning umumiy mayd. 60 m2 ni tashkil etgan. 2-meʼmoriy bosqichda sharqiy tomondan binoga yana 4 ta xonadan iborat uy qurilgan. Natijada bino kvadrat shaklga ega boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
KUCHUKTEPA