Kuchimov Abusaid Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
Atoqli bolalar yozuvchisi va shoir Abusaid Kuchimov bolalar adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi she’riy to‘plamlarida bolalar va o‘smirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan bo‘lsa, “Mening yulduzim”, “Halqa” qissalarida u ko‘proq qishloq hayoti, qishloq bolalari fe’l-atvoriga xos voqealarni tasvirlagan. Hozir ham Abdusaid Kuchimov bolalar uchun she’r va qissalar yozib, o‘zbek adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
U qardosh xalqlar she’rlarini o‘zining ona tili — o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning tarjimalari qatorida tatar yozuvchisi M. Xarisovning “Qizil sayyoraga sayohat” qissasini aytish joiz, asar alohida kitob ko‘rinishida nashrdan chiqqan. Shuningdek, turli tillardan ko‘plab tarjimalari chop etilgan.
Bolalar yozuvchisi Abusaid Kuchimov 1951 yil Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan.
O‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kiradi.
U “O‘qituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong yulduzi” (sobiq “Lenin uchquni” gazetasida) muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi” jurnalida mas’ul kotib va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Prezident devonida mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan.
U tabiatni qo‘riqlash mavzuidagi publitsistik maqolalar yozib, YUNESKO mukofotiga sazovor bo‘lgan. “Halqa” kitobi uchun Yozuvchilar uyushmasining G‘afur G‘ulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlangan.
“Umid daraxtlari” nomli to‘plamida bolalarning jamiyatdagi o‘rni va tarbiya berishdagi qiyinchiliklar haqida yozgan.
Uning birinchi she’rlari va maqolalari o‘rta maktabda o‘qigan kezlari chop etilgan. U “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening O‘zbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxtlari” (1992) kabi bir qator kitoblarini nashr ettirgan.
1997-2005 yillar teleradiokompaniyaga rahbarlik qilgan. 2006 yildan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xabar” gazetasi bosh muharriri.
2017 yilning avgustida Abdusaid Kuchimov O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori etib tayinlandi.
Arboblar
Kuchimov Abusaid
manba:arboblar.uz