KUCHERSKIY Nikolay Ivanovich

KUCHERSKIY Nikolay Ivanovich

KUCHERSKIY Nikolay Ivanovich (1937.21.7, Ukraina, Donesk viloyati Mariupol sh.) — konchi-muhandis, metallurg, i. ch. novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan injener (1975), texnika fanlari d-ri (1999). Dnepropetrovsk konchilik in-ti shaxta qurilishi f-tini tugatgan (1961). Mehnat faoliyatini 1961-y. dan Navoiy kon-metallurgiya k-tida boshlagan. Uchquduqdagi Shim. ruda boshqarmasida konchi usta, muhandis, uchastka boshligʻi, karyer» boshligʻi (1961—71), Navoiy kon-metallurgiya k-tining Zarafshon sh. dagi Markaziy ruda boshqarmasi bosh muhandisi (1971—83), direktori (1983-85). 1985-y. dan Navoiy kon-metallurgiya kti direktori, ayni paytda, 1991-y. dan «Qizilqumkamyobmetalloltin» davlat konserni Kengashi raisi. Kucherskiy rahbarligi va ishtirokida oltin konlarida kon texnikasini modernizatsiyalash va siklli potok texnologiyani tashkil qilish boʻyicha yirik tadqiqot ishlanmalari bajarildi, Muruntov oltin ajratish majmuining 2 – va 3-navbati qurildi, oltin bilan bir qatorda yoʻldosh volfram, kumush, palladiyni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va i. ch. ga joriy qilindi.

Ensiklopediya.uz
KUCHERSKIY Nikolay Ivanovich