KUBIZM

KUBIZM

KUBIZM (kub soʻzidan) — Yevropa tasviriy sanʼati (koʻproq rangtasvir) dagi modernistik oqim; 20-a. 1-choragida yuzaga kelgan. Dastlab Fransiyada paydo boʻlgan (1908—10). Kubizm sanʼatning realistik anʼanalaridan voz kechib, hajmli shakllarni loyihalash vazifasini birinchi oʻringa qoʻyadi. Namoyandalari P. Pikasso, J. Brak, X. Gris, J. Gri va b. Narsalar dunyosi handasiy hajm (kub, shar, silindr, konus)larning oddiy majmui koʻrinishlarida tasvirlanadi. Tekis yuzada zich joylashgan qirrali hajmlar relyefga oʻxshab ketadigan shakl hosil qiladi, bunda ranglar ayrim qirralarni ajratib shaklni maydalabkoʻrsatadi. P. Pikassoning dramatik butunlikkacha koʻtarilgan asarlarida Kubizmning hissiy obrazli xususiyatlari koʻzga tashlanadi. Koʻplab yirik realist rassomlar D. Rivero, R. Guttuzo va boshqalar Kubizm taʼsirini yengib oʻtgan.

Ensiklopediya.uz
KUBIZM