KUBA XONLIGI

KUBA XONLIGI

KUBA XONLIGI — Shim.-Sharqiy Ozarbayjondagi davlat (18-a. oʻrtasi — 1806). Shim.-Sharqiy Ozarbayjon Zakavkazyening eng boy, aholi zich joylashgan qismi boʻlib, Zakavkazyening mollari uning muhim savdo portlari orqali tashqi bozorga oʻtgan; u Rossiyaning jan. ini Eron bilan va u orqali Hindiston va b. Sharq mamlakatlari bilan bogʻlagan. Kuba xonligini 1758—89 y. larda Ozarbayjonning buyuk davlat arbobi Fatalixon Kubaviy (1736—89) boshqargan. U K. x. atrofiga Ozarbayjonning jan. dagi Ardabil sh. gacha boʻlgan Kaspiy boʻyi yerdarini birlashtirgan; Eron tajovuziga qarshi 1787-y. da gruzin podshosi Iraqliy II bilan shartnoma tuzgan. Fatalixon vafotidan soʻng 90-y. lar boshida Kuba xonligi parchalanib ketgan, 1806-y. da Rossiyaga qoʻshib olingan.

Ensiklopediya.uz
KUBA XONLIGI