KROUFUT-XOJKIN

KROUFUT-XOJKIN

KROUFUT-XOJKIN (Crowfoot Hodgkin) Doroti (1910.12.5, Jazoir — 1994) — ingliz kimyogari va biokimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1947). Rossiya FA faxriy aʼzosi (1991). Murakkab fiziologik faol birikmalarning tuzilishini rentgenostrukturaviy tahdil qilgan. Asarlari sterinlar, peptidlar, kofermentlar va b. ga bagʻishlangan. Penitsillin (1946), vitamin V|2 (1956) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1964).

Ensiklopediya.uz
KROUFUT-XOJKIN