KRIT

KRIT

KRIT — Oʻrta dengizning sharqiy qismidagi orol, Gretsiya hududi. Mayd. 8,3 ming km2. Uzunligi gʻarbdan sharqqa 260 km, eni 12 km dan 55 km gacha. Shim. qirgʻoqlari qoʻltiqlar bilan parchalangan, jan. kam parchalangan, jarli. Relyefi togʻli. Togʻ massivlari (eng baland joyi 2456 m, Ida togʻi) ohaktosh va slaneslardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi, yozi quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 12°, iyulniki 26°. Togʻlarda qor may oyigacha saqlanadi. Yiliga 600 mm dan 1600 mm gacha (sohil qismida) yogʻin yogʻadi, asosan, qish oylarida. Oʻrta dengiz butalari (frigana) oʻsadi, togʻ tepalari yaylov. Tokzor va zaytunzorlar bor. Donli ekinlar, tamaki ekiladi. Aholi qoʻychilik, baliq ovlash bilan ham shugʻullanadi. Samariya milliy bogʻi tashqil etilgan (togʻ flora va fauvasi muhofaza qilinadi). Antik davr va oʻrta asrlarda qurilgan koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (qalʼa, cherkovlar) saqlangan. Asosiy portlari: Iraqlion, Xanya.

Ensiklopediya.uz
KRIT