KRISTALLOKIMYO

KRISTALLOKIMYO

KRISTALLOKIMYO, kristallar k i m yo s i — kristallarning strukturasi va xususiyatlari ayvan shu kristallarning kimyoviy tarkibiga bogʻliqligini oʻrganadigan fan. K. kristallografiya b-n uzviy bogʻlangan. Kristallar strukturasini muntazam tadqiq qilish 1912-y. da kristall panjarasida rentgen nurlari difraksiyasi hodisasi kashf qilingandan keyin boshlandi. Modda strukturasini aniqlashning asosi — bu Ye. S. Fyodorov tomonidan ishlab chiqilgan simmetriyaning fazoviy guruhi nazariyasidir.

Ensiklopediya.uz
KRISTALLOKIMYO