KRISTALLOGRAFIYA

KRISTALLOGRAFIYA

KRISTALLOGRAFIYA (kristallar va… grafil) — kristallarning tuzilishi haqidagi fan; kristallarning paydo boʻlishi, tuzilishi, fizik xossalari, ularda boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadi. Kristallografiyaning vazifasi kristallarni tasniflash, ularni oʻrganishning maxsus usullarini ishlab chiqish va amalda ishlatish yoʻllarini izlab topishdan iborat. Kristallarning xarakterli xususiyatlari ularning simmetriyasidir. Kristallarning simmetriyasi ularning shaklida, strukturasida va b. xususiyatlarida oʻz aksini topadi. Kristallografiya matematika, fizika, kimyo, mineralogiya, metallshunoslik, texnika (radiotexnika, mexaniqa) fanlari bilan bevosita bogʻliq. Kristallografiya qadimdan mineralogiya bilan uzviy bogʻlanib, kristallarni qirralash qonunlarini oʻrganuvchi mustaqil fan sifatida rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
KRISTALLOGRAFIYA