Kriptozoospermiya nima ? haqida to’liq ma’lumot oling

Kriptozoospermiya nima ? haqida to’liq ma’lumot oling

Kriptozoospermiya nima ?

Kriptozoospermiya – bu spermada spermatazoidlar miqdorining o‘ta kamligi.

Aytaylik normada sperma miqdori kamida 2 ml bo‘lsin. Shu 2 ml spermada xech yo‘q 40 million spermatazoid bo‘ladi. Agar spermada bu ko‘rsatkich bo‘lmasa bu normal sperma emas. Buni oligozoospermiya deyiladi. Kriptozoospermiyada esa spermatazoid o‘ta kam, sanoqli bo‘ladi. Ba’zan faqat sperma sentrifugalangandagina spermatazoidlar anqlanishi mumkin. Sentrifugalash orqali mikroskopda ko‘rib kriptozoospermiya xulosasi qilinadi.

Muammo faqat spermatazoidlar kamligi emas. Ularning ba’zilari faol emas yoki sust xarakatchan. Erkaklarda fertillilik, ya’ni farzand ko‘rish saloxiyati spermatazoidlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
Bunday ko‘rsatkichlarni urug‘ suyuqligida aniqlanadi. Agar urug‘ suyuqligining tarkibi optimal xolda bo‘lsa, biokimyoviy va kimyoviy xislatlari normal bo‘lsa bu urug‘ suyuqligi spermatazoidlar uchun mos. Bu xislatlar spermatazoidlar normal darajada xarakatchan bo‘lishi uchun muxim. Spermatazoid xarakatchanligi ayol tuxum xujayrasini urug‘lantirish uchun kerak. Faqat eng faol xarakatchan spermatazoidgina tuxum xujayraga yetib boradi. Shunda urug‘lanish sodir bo‘ladi

#kriptozoospermiya #befarzandlik

Malumotlar
Kriptozoospermiya nima ?