Kriptografiya terminologiyasi
Kriptografiya (Cryptography) – Axborotni boshqa ko’rinishga o’tkazishni matematik usullarini o’rganadigan fan. Qisqacha, maxfiy axborot almashinuvni amalga oshirishni o’rganadi.
Shifr, Kriptotizim (Cipher, Cypher) — Axborotni boshqa ko’rinishga o’tkazishda bajariladigan algoritm.
Shifrlash (Encryption) — Axborotni shifr va kalit yordamida boshqa ko’rinishga o’tkazish jarayoni.
Deshifrlash (Decryption) — Shifrlangan axborotni shifrlanmagan (dastlabki) holatiga o’tkazish jarayoni.
Kalit (Key) – Axborotni shifrlash va shifrni ochish uchun kerakli ma’lumot.
Ochiq matn (Plain Text) — Shifrlanmagan axborot.
Shifrlangan axborot (Cipher Text) — Axborotni shifrlangandan keyingi natijasi.
Kriptoanaliz (Cryptanalysis) – Kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.
Kriptoanalitik — Kriptoanaliz bilan shug’ullanuvchi odam. Qisqacha, shifrlarni ochish bilan shug’ullanuvchi odam.
Kripto chidamlilik (Strong cryptography) — Axborotni kriptoalaziga qanchalik qarshi tura olishi. Qisqacha, qanchalik uni maxfiy saqlash darajasi.
Imito Himoya (Message authentication) — Yuborilayotgan axborotga tashqaridan o’zgaritirish kiritilshidan himoya qilish.
Imitokod (Message authentication code) — Yuborilayotgan axborotga tashqaridan o’zgaritirish kiritilshidan himoya qilish uchun unga qo’shib yuboriladigan axborot. Imitokodyuborilayotgan axborot va kalitga bog’liq holda tanlanadi.
Simmetrik shifr (Symmetric-key algorithms) — Shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu kalitdan foydalaniladigan shifrlash.
Assimmetrik shifr, Ochiq kalitli shifr (Public-key cryptography) — Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchiga ma’lum bo’ladi.
Hesh funksiya (Hash function) — Ixtiyoriy uzunlikdagi xabarni aniq bir uzunlikdagi sonlardan tashkil topgan xabar ko’rinishiga o’tkazuvchi funksiya.
Manba:
Xavfsizlik
Kriptografiya terminologiyasi