Kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi to’liq malumot oling

Kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi to’liq malumot oling

kripto dokon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi 1

Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3395, 31.10.2022-y.)

Mazkur Qoidalar kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo ob’ekti orqali amalga oshiradi.

Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

1. kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;

2. kripto-do‘konning savdo ob’ekti orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.

Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
O‘zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.

Foydali Maslahatlar
Kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi