KREVETKALAR

KREVETKALAR

KREVETKALAR (Natantia) — oʻnoyoqli q. ( Oʻnoyoqlilar) qisqichbaqasimonlar kenja turkumi. Oʻz. 2—30 sm. Tanasi ikki yon tomondan siqiq. Muskulli qorni boshi va koʻkragiga nisbatan uzun. 1 – va 2 – juft koʻkrak oyoqlarida qisqichlari boʻladi. Oxirgi juft qorin oyoqlari (uropodlar) va dumi (telson) dum soʻzgichni hosil qiladi. Urgʻochilarining qorinoyoqlari tuxumini olib yurish, erkaqlariniki (1 – va 2 – jufti) kuyikish organi vazifasini ba-jaradi. 2000 ga yaqin turi bor; dengizlar va chuchuk suvda planktonda va suv tubida yashaydi. Suvning oʻta chuqur qismida yashaydigan turlari yogʻdu chiqaradi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Krevetkalar ovlanadigan qisqichbaqasimonlar orasida birinchi oʻrinda turadi.

Ensiklopediya.uz
KREVETKALAR