KREMNIY

KREMNIY

KREMNIY (Silicium), Si — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 14, at. m. 28,0855. Uchta barqaror izotopi bor: 28Si (92,27%), MSi (4,68%) va 30Si (3,05%). K. kisloroddan soʻng tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstining massasi jihatidan 27,6% ini tashqil etadi. Tabiatda birikmalar [koʻpincha kremniy (1U)-oksid SiO2 qumtuproq va silikatlar] qolida boʻladi. Kremniy SiO2 holida oʻsimlik va xayvon toʻqimalarida ham uchraydi. Sof Kremniyni ilk bor 1911-y. fransuz kimyogari J. L. Gey-Lyussak va L. J. Tevarlar ajratib olishgan . K. — kulrang, kumushdek yal-tiroq modda. Amorf va kristall holda boʻladi. Kristall holdagi Kremniyning suyuqlanish t-rasi 1423° (suyuqlanganda hajmi 9% ga kamayadi), qayvash t-rasi 3249° , zichligi 3,33 g/sm3 – Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,8, at. radiusi 0,133, ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) 0,040 nm (4), 0,054 nm (6), diamagnetik. Oddiy sharoitda Kremniy moʻrt modda, 8000» dan yuqorida plastik holatga oʻtadi. Kimyoviy birikmalarda, asosan, toʻrt valentli, inert, qizdirilsa faolroq holatga oʻtadi. Odatdagi t-rada faqat ftor bilan birikadi. Yuzasida himoya pardasi (oksid parda) hosil boʻlishi sababli Kremniy yuqori haroratda ham barqaror boʻladi.

Ensiklopediya.uz
KREMNIY