KREATIN

KREATIN

KREATIN (yun. kreas – goʻsht, et) – organik modda. Mol. m. 131,14, suyuqlanish t-rasi 315°. Suvda va spirtda eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul toʻqimasida (ayniqsa, koʻndalang targʻil muskullarda) koʻp. Nerv toʻqimasi, qon, jigar, buyrakda ham bor. Kreatinfosfat kislota tarkibiga kiradi; organizmda moddalar almashinuvida, muskul va miya faoliyatida muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
KREATIN