KRASS haqida
KRASS
Mundarija
скрыть
KRASS (Crassus) Mark Litsiniy (mil. av. taxm. 115, Rim — mil. av. 53.6.5, Kar-ri) — Rim sarkardasi. Sulla tarafdori. Proskripsiyalar natijasida nihoyatda boyib ketgan va Rimdagi eng badavlat shaxsga aylangan. Bu boylikdan siyosiy maqsadlarda ustamonlik b-n foydalangan. 70 va 55 y. larda konsul etib saylangan. Krass Sezar va Pompey bilan birga 1-triumviratta kirgan (60). Bu uchlik davlatni amalda egallab olgan. Spartak qoʻzgʻolonini bostirgan (71). Krass 55 y. Suriya viloyatini 5 yilga boshqarish huquqini olgan. Parfyanlar bilan boʻlgan Karri jangida magʻlubiyatga uchrab halok boʻlgan. Krass tarjimayi holi Plutarx tomonidan bayon etilgan.
Ensiklopediya.uz
KRASS