KRASNODAR

KRASNODAR

KRASNODAR (1920-y. gacha Yekaterinodar) — RFdagi shahar, Krasnodar oʻlkasi markazi. Kuban daryosi sohilida. T. y. va shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 647,4 ming kishi (1998). Krasnodarga 1793-y. kazaqlar tomonidan qarbiy lager (soʻng qalʼa) sifatida asos solingan. Krasnodar — yirik sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik (stanoklar, radio va elektr oʻlchov priborlari, kompressorlar, q. x. mashivalari), neftni qayta ishlash, kimyo, yengil (ip gazlama, kamvol-movut k-tlari, koʻn z-dlari va b.), oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, chinnifayans z-di bor. Vitamin va biokimyoviy preparatlar ishlab chiqariladi. 6 oliy oʻquv yurti (jumladan, Kuban un-ti), 3 teatr, tarix-arxeologiya, badiiy muzeylar mavjud.

Ensiklopediya.uz
KRASNODAR