KRANIOLOGIYA

KRANIOLOGIYA

KRANIOLOGIYA (yun. kranion — kalla suyagi va…logiya) — anatomiyaning bir boʻlimi; antropologiyada butun kalla suyagi hamda aloxdsa qismlarining turli shakli va oʻlchamlarini oʻrganish. Antropogenez toʻgʻrisidagi taʼlimotda odam va maymunlar evolyutsiyasining turli davrlariga tavsif berishda Kraniologiya maʼlumotlaridan ham foydalaniladi. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida odam qiyofasini tiklash usulini yaratdi va shu usul bilan bir necha tarixiy shaxslar (Amir Temur, Ivan Grozniy, Rudakiy, Shohrux, Ulugʻbek va b.)ning qiyofasini — haykal-portretini tikladi.

Ensiklopediya.uz
KRANIOLOGIYA