KRAMSKOY Ivan Nikolayevich haqida

KRAMSKOY Ivan Nikolayevich haqida

KRAMSKOY Ivan Nikolayevich

KRAMSKOY Ivan Nikolayevich [1837.27.5(8.6), Voronej viloyati — 1887.24.3(5.4), Peterburg] — rus rassomi va badiiy tanqidchisi. Peterburg BAda taʼlim olgan (1857—63). BAdagi akademik sanʼatga qarshi chiqqan «14 lar qoʻzgʻoloni» rahbari, demokratik yoʻnalishdagi rassomlarning birinchi tashqiloti — rassomlar artelining tuzuvchisi, Birodarlik harakati yoʻlboshchisi va tashqilotchisi. Portret janridagi faoliyati rassomning isteʼdodini toʻliq namoyon etdi: «L. N. Tolstoy», «I. Shishkin» (1873), «M. Saltikov-Shchedrin» (1879) va b. ; oddiy xalq portretlarini yaratishga ahamiyat berdi («Miva Moiseyev», 1882; «Dehqon», 1883 va b.). «Iso sahroda» (1872) asarida afsonaviy qahramonga hayotiy talqin baxsh etdi. Mavzuli kompoziyatsiyalari portret kartivaga yaqin va koʻp holdarda kam kishilik. Kramskoy estetik qarashlari rus demokratik sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi, u rassomlarni milliy sanʼat yaratishga daʼvat etdi, hayotni butun borligʻi bilan ifodalashga chaqirdi.

Ensiklopediya.uz
KRAMSKOY Ivan Nikolayevich