Ko‘zoynakdagi qirilgan izlardan qanday qutulish mumkin? haqida malumot

Ko‘zoynakdagi qirilgan izlardan qanday qutulish mumkin? haqida malumot

Unchalik katta bo‘lmagan nuqsonlari uchun ko‘zoynaklarning yangisini sotib olish yoki tuzatishga berish shart emas — buni o‘zingiz mustaqil ravishda tuzatsangiz ham bo‘ladi.

ochki 1 min 1

Buning uchun sizga hech bir maxsus vosita kerak bo‘lmaydi. Har doim qo‘l ostingizda bo‘ladiganlari ham yetarli bo‘ladi. Biroz harakat qilish orqali yengil buzilgan va hatto chuqur qirilgan joylarni ham tuzatish mumkin.

Iste’mol sodasi

Ko‘zoynaklardagi tirnalgan joylarni iste’mol sodasi yordamida yo‘qotish mumkin. Buning uchun sodani birozgina suv bilan aralashtirish va aralashma bilan ko‘zoynak oynasini aylanma harakatlar bilan artish kerak. Bundan keyin ko‘zoynakni suv bilan yaxshilab yuvish lozim.

Bolalar shampuni

Ko‘zoynakning oynalariga bolalar shampuni surilsa, tirnalgan joylar yo‘qoladi. Keyin ko‘zoynakni mikrofibra yoki kompyuter ekrani uchun maxsus mato yordamida artish kerak.

Spirt

Agar uyingizda tibbiyot spirti bor bo‘lsa – undan ko‘zoynaklaringizni artish uchun foydalaning. Uni iste’mol sodasi bilan aralashtirishingiz ham mumkin. Keyin ko‘zoynakni suv bilan yuving va mikrofibrali latta bilan arting.

Tish pastasi

Oddiy tish pastasi – linzalarni polirovka qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Uni oyna ustiga paxta bo‘lagi yordamida aylanma harakatlar bilan suring, pastani esa sovuq suv bilan yuving. Agar chuqurroq tirnalgan bo‘lsa – bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi.

Maxsus to‘plam

Agar hamma aytib o‘tilgan usullar kerakli natijalarni bermasa, maxsus to‘plam sotib olish mumkin. Odatda to‘plam ichiga ko‘zoynaklarni tuzatish uchun kerak bo‘ladigan hamma narsalar kiradi. Bular eski ko‘zoynaklarni tuzatishga va uni avvalgi ko‘rinishga qaytarishga yordam beradi.

Foydali maqola: Miopiya — uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik

Diagnostika va muolajalar

Kasalliklar
Ko‘zoynakdagi qirilgan izlardan qanday qutulish mumkin?