Ko’zoynak turlari to’liq malumot oling

Ko’zoynak turlari to’liq malumot oling

🤓 Glasses — Ko’z oynak. Odatda, rangsiz shaffof ko’rinishda bo’ladi va ko’rish qobiliyati biroz pastroqlar uchun yaxshiroq ko’rishga xizmat qiladi. Undan tashqari ekran nuridan himoya uchun va shunchaki uslub uchun ham ishlataveriladi.

(Uni taqqanlar botan bo’lib ko’rinishlari mumkin)

😎 Sunglasses — Quyosh nuridan saqlaydigan ko’zoynak (очки). Ko’pincha qora rangda bo’ladi va ko’pchilik qora ko’z oynak deb ham ataydi lekin boshqacha rangdagilari ham borligini o’zingiz bilasiz.

(Odamni qiyqiriq qilib ko’rsatadi)

🥸 Pince-nez — Pensne. Uning ko’zoynakdan farqi shundaki uning chetida ushlab turuvchi qismlari bo’lmaydi va u burunning o’zida turadi. 1-rasmdagi Anton Chexov misolida ko’rishingiz mumkin.

(Quloqsizlar ham bemalol taqa oladi)

🧐 Monocle — Monokl. Bunisi ham ko’rishni to’g’irlash uchun linza sifatida ishlatiladi lekin faqatgina 1 ta ko’z uchun. Ixtiro qilinishi XVII-asrlarga aloqador bo’lsada lekin XIX-asrda jentlmenlar orasida urfda bo’lgan.

❓Siz qaysi turdagisini taqasiz?

@oculomotori

Boshqa mavzular
Ko’zoynak turlari