Ko‘zlar nima uchun qizaradi? haqida malumot
Agar ko‘zlar qizarib ketsa va qovoqlar bir-biriga yopisha boshlasa nima qilish kerak? Bu qanday kasallikdan darak beradi?
Kon’yunktivit nima?
Kon’yunktivit — bu ko‘zlarni qoplab turuvchi yupqa pardaning yallig‘lanishi. Yupqa to‘qima — kon’yunktiva — qovoqlarni va ko‘zning o‘zini qoplab turadi, uning nam va toza bo‘lib turishiga yordam beradi.
Kon’yunktivitning alomatlari:
- Qizarish.
- Qichishish.
- Yosh oqib turishi.
- Kipriklarda yopishqoq yumaloqchalar va pardachalarning paydo bo‘lishi, ayniqsa ertalabki paytlar.
Kon’yunktivitni qanday davolash kerak?
Davolash tarzi uning sabablariga bog‘liq. Ko‘p hollarda maxsus davolash talab qilinmaydi, kon’yunktivit 1-2 haftada o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi: viruslar chekinadi, pardalar va kipriklar ko‘z yoshi suyuqligi yordamida tozalanadi.
Bakteriyali infeksiyalarni antibiotik tomchilar va malham dorilar yordamida davolashadi. Lekin bunday dorilarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llash mumkin emas, antibiotiklardan faqat shifokor tavsiyasi asosida foydalanish lozim. Allergiyaga esa antigistaminli vositalar va tomchilar yaxshi samara beradi.
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Odatda kon’yunktivitning asorati bo‘lmaydi, lekin uning shifokorga borishga sabab bo‘ladigan tahlikali alomatlari bor:
- Ko‘zlardagi og‘riq.
- Yoruqqa qaray olmaslik.
- Ko‘zning xiralashishi.
- Yiring.
Kasal bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak?
- Ko‘zga teginishdan oldin qo‘llarni yuvish.
- Birovning sochig‘ini ishlatmaslik va ularni tez-tez almashtirish.
- Yostiq jildlarini o‘z vaqtida almashtirish.
- Muddati o‘tgan kosmetika vositalaridan foydalanmaslik.
- Birovning kosmetika vositalaridan foydalanmaslik.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Ko‘z grippi qanday kasallik?
© Zdorovie.com / Daryo.uz
Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )
Diagnostika va muolajalar
Kasalliklar
Ko‘zlar nima uchun qizaradi?