Ko`z yoshlanishi nimaning alomati?

Ko`z yoshlanishi nimaning alomati?

Ba`zi insonlar hech bir sababsiz ochiq havoda ko`zlari yoshlanishidan shikoyat qiladi. Qolaversa, kuchli shamol, sovuq havo va yorqin quyosh nurlari ta`sirida ham ko`pchilikda ana shunday holat kuzatiladi.

Xo`sh, bu nima bilan bog`liq?

Respublika ko`z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov shu bilan bog`liq ayrim savollarga javob berdi.

«Inson tanasidagi mushaklar orasida eng faoli ko`z bo`lib, uning diametiri 2,5 sm.ga yaqin, og`irligi esa o`rtacha 8 gr.ni tashkil etadi, — deydi shifokor.

image

Qayd etilishicha, ko`z inson tanasidagi eng muhim sezgi a`zolaridan biri hisoblanib, tashqi axborotlarning 70 foizi aynan u orqali qabul qilinadi. Shu boisdan ko`zlarning biror kasallikka chalinishi jiddiy muammo va noqulaylikni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, qorachiqlar yoshlanishini olaylik. Afsuski, ko`pchilik insonlar ushbu holatga “o`tib ketar” qabilida unchalik ham e`tibor qilavermaydi. Oqibatda esa ko`zda jiddiy asoratlar kelib chiqadi.

«Ko`z yoshlanishiga olib keluvchi omillar turlicha bo`lgani bois, uni davolashda, albatta, okulist-shifokorga murojaat qilish, uning sababini aniqlash hamda mutaxassis tavsiyalariga rioya qilish zarur. O`zboshimchalik bilan muolajalarni qo`llash esa keyinchalik tuzatib bo`lmas muammolarga olib kelishi mumkin. Aslida ko`z yoshlanishi gipersekretor hamda retension turlarga ajratiladi. Gipersekretor jarayon ko`z yosh suyuqligining me`yordan ortiq ishlab chiqarilishi bo`lsa, retension turi ko`z yosh yo`llari o`tkazuvchanligining buzilishi bilan xarakterlanadi. Gipersekretor ko`z yosh ajralishini keltirib chiqaruvchi omillar bir qancha. Xususan, allergiya, konyuktivit, ko`z muguz pardasining mexanik yoki kimyoviy zararlanishi, infeksion turdagi kasalliklar asorati, keratit shular jumlasidan»,-deydi Otabek Ikromov.

Ma`lum qilinishicha, bu holatda muolajani boshlashdan avval bezovtalikni keltirib chiqarayotgan kasallik aniqlanib, shundan so`ng davo choralari birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Ana shundagina kutilgan natijaga erishiladi.

«Retension ko`rinishi esa ko`z yosh ajralishidagi ayrim buzilishlar bilan xarakterlanadi. Ushbu holat ko`z yosh qopchasi yallig`lanishi, ko`z yosh kanalining qurib qolishi, burun bo`shlig`i kasalliklari – gaymorit, rinit, poliplar va shilliq qavat shishlari sabab kelib chiqishi mumkin. 

Bu vaziyatda esa ko`pincha jarrohlik amaliyoti talab etiladi»,-deydi shifokor.

 Shunday ekan, agar sizni ko`z yoshlanishi bezovta qilayotgan bo`lsa, eng avvalo, shifokor ko`rigiga boring va uning tavsiyalari bilangina davo muolajalarini oling.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya