Ko’z rangini o’zgartirishning iloji bormi to’liq malumot oling

Ko’z rangini o’zgartirishning iloji bormi to’liq malumot oling

Ko’z rangini o’zgartirishning iloji bormi❓

Haa albatta❕ Buning bir necha yo’llari bor:

1. Eng oson usuli — rangli kontakt linza taqishdir. Kamchiligi shundaki, ko’zning markazida qorachiq bor va u qorong’uda kengayib, yorug’likda torayadi. Kontakt linzalar o’rtasida teshik esa o’zgarmaydi. Natijada qorachiqlar toraygan payti ko’zning asl rangi linza ostidan biroz ko’rinib turadi.

2. Jarrohlik yo’li bilan ko’zimizning ichidagi rangli parda olib tashlanib, o’rniga siz yoqtirgan rangdagisi joylashtiriladi, bu ancha qiyin jarrohlik amaliyoti hisoblanadi va o’ziga yarasha risklari mavjud

3. FLAAK (Lazer korreksiya orqali yumaloq pigmentatsiya) eng so’nggi usuldagi amaliyot hisoblanadi. Xuddi miyopiyani yo’qotishdagi Lazer apparati yordamida qilinadi va bu usul orqali istalgan rangni tanlashingiz va ko’z rangingizni o’zgartirishingiz mumkin. Amaliyotning risklari, xavfsizlik darajasi va narxlari haqida yana post yozaman hali. Uzb da bu amaliyotlar xozir mavjud emas

Shifokoringiz @oculomotori 👁️

Boshqa mavzular
Ko’z rangini o’zgartirishning iloji bormi