KOVENT-GARDEN

KOVENT-GARDEN

«KOVENT-GARDEN» (ing. Covent Garden) , «Qirol opera teatri K.-G.» — Londondagi opera va balet teatri, Angliya opera sanʼatining eng yirik markazi. 1732-y. da tashkil topgan. 1930 – y. lardan Davlat teatri. «K.-G.»da dastlab dramatik, musiqali va balet spektakllari bilan birga sirk tomoshalari ham namoyish etilgan. 18 – a. oʻrtasidan musiqali spektakllar, 1847-y. dan boshlab faqat opera va balet spektakllari qoʻyiladi. Repertuaridan mumtoz (G. F. Gendel, G. Pyorsell, V. A. Motsart, L. Betxoven, K. M. Veber, J. Rossini, G. Donitsetti, J. Verdi, R. Vagner, P. Chaykovskiy va b.) hamda 20-a., jumladan, Angliya kompozitorlari (F. Dilius, ayniqsa, B. Britten va b.) asarlari oʻrin olgan. 19a. oxiridan barcha operalari muallif yozgan tilda ijro etiladi. Yevropaning eng mashhur dirijyorlari (G. Maler, F. Motl, B. Valter, O. Klemperer, R. Kubelik, G. Rojdestvenskiy va b.) hamda xonandalari (M. Malibran, J. Grizi, P. Viardo-Garsiya, A. Patti, E. Karuzo, M. Kallas, T. Gobbi, N. Gyaurov, K. Bergonsi, F. Shalyapin va b.) «K.-G.» spektakllarida ishtirok etgan. Teatr rivojiga Angliya dirijyorlaridan T. Bichem, G. Vud, A. Kouts, Ch. Makkeras, xonandalaridan J. Saterlend, M. Kolyer, G. Jons, G. Evans, P. Glossop, D. Uord va b. katta hissa qoʻshgan. 1946-y. dan «K.-G.» sahnasida «Sedlers Uells balle» truppasi (1957y. dan «Qirol baleti» nomida) balet spektakllari qoʻyilmoqda. Hoz. binosi 1858-y. da qayta qurilgan (zali 2200 oʻrinli).

Ensiklopediya.uz
KOVENT-GARDEN