Kotlet tayyorlash retsepti — usullari, sirlari, mazali go’shtli qiyma nisbati
Kotlet tayyorlash usullari juda ko’p. Biroq, ular suvli va mazali chiqishi uchun albatta sinalgan yo’ldan borgan ma’qul. Quyida uyda pishirish oson bo’lgan kotletalar retsepti sizga havola etiladi. KOTLETA TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR KOTLETA PISHIRISHNING BA’ZI SIRLARI Taom suvli bo’lib chiqishi uchun go’shtni o’zingiz qiymalagichdan chiqarganingiz ma’qul. Bunda go’shtning bir qismi yog’li bo’lishi muhim. Agar lahm bo’lsa, bir bo’lak charvi qo’shib yuborish ham mumkin. Yog’ pishirish davomida erib, go’shtga yumshoqlik beradi. Piyozni qiymaga aynan mayda qilib to’g’rab solish kerak, ko’pchilik bunda uni go’sht bilan birga qiymalagichdan chiqarib yuboradi. Bu holda u o’z aromati va suvliligini yo’qotadi. Qiyma qovurish davomida bo’laklanib ketmasligi uchun uni yaxshilab urib olish muhim bosqich sanaladi. Uni cheklab o’tish tavisya etilmaydi.Kotlet tayyorlash retsepti — usullari, sirlari, mazali go’shtli qiyma nisbati
DO`STLARGA ULASHING:
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 5
1 kg go’sht – turli nisbatda qo’y va mol go’shtini aralashtirish mumkin;
2 bosh piyoz;
1 ta tuxum;
Kecha pishirilgan 2ta buxanka non (faqat mag’zi kerak bo’ladi);
1 choy qoshiq tuz;
1/3 qism maydalangan murch;
Qovurish uchun o’simlik yog’i (5-6 osh qoshiq);
Belab olish uchun un.
PISHIRISH KETMA-KETLIGI
Kotletada asosiy rol non mag’ziga to’g’ri keladi. Agar non kam solinsa, go’sht qattiq va bemaza bo’lib chiqadi. Shuningdek, non yangi bo’lmasligi ham e’tiborga olinishi kerak. Ideal variantda u tezda ushaladigan bo’lishi talab etiladi. Yangi non esa cho’ziluvchan bo’ladi.
Kotlet tayyorlash retsepti — usullari, mazali go’shtli qiyma nisbati, sirlari