KOSTA-RIKA haqida
KOSTA-RIKA
KOSTA-RIKA (Costa Rica) , KostaRika Pec publ i kas i (Republica de Costa Rica) — Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Mayd. 51,1 ming km2. Aholisi 3,77 mln. kishi (2001). Poytaxti — SanXose sh. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (provincia)ra, viloyatlar kantonlarga, kantonlar okruglarga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. K.-R. — respublika. Amaldagi Siyosiy Konstitutsiyasi 1949-y. 7 noyab. da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (2002-y. dan A. Pacheko); u aholy tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi. Prezident bevosita 2-muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis (bir palatali parlament) amalga oshiradi; uning 57 deputati toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. ga saylanadi. Ijroiya hokimiyat prezident tomonidan vazirlar mahkamasi yordamida amalga oshiriladi.
Tabiati. Mamlakat hududining koʻp qismi togʻliq. Soʻnmagan vulkanlar (Irasu — 3432 m, Poas — 2704 m va b.) bor. Kordilyera-de-Talamanka tizmasidagi Chirripo-Grande togʻi (3820 m) K.-R. dagi eng baland choʻqqidir. Karib dengizi sohili botqoqli; Tinch okean sohilida qoʻltiq va yarim orol koʻp. Temir rudasi, oltingugurt, boksit, kumush, oltin, neft, marganes, simob konlari bor. Iqlimi — subekvatorial, tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda yanv. ning oʻrtacha t-rasi 23°, iyulniki 25°. Yillik yogin sharqida 3000 mm, gʻarbida 1000— 1500 mm gacha. Daryolari tez oqar va sersuv, quyi qismlarida kema qatnaydi. Yirik daryolari — San-Xuan, Rio-Frio. Mamlakat hududining salkam 65%ni egallagan nam tropik urmonlarda palma, eben, qizil, pushti daraxtlar, togʻ yon bagʻirlarida dub oʻsadi. Vulkan konuslaridagi (2700—3000 m) butazor va oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Tinch okean sohilida savannalar bor. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Maymunlar, puma, yaguar, tapirlar, zirxlilar, jayra va b. yashaydi. Kirgʻoqqa yaqin suvlarida ovlanadigan baliqkoʻp. Milliy bogʻlari: Korkovado, BraulioKorrilyo, Chirripo.
Aholisining aksari kostarikanlar — asosan, 16—17-a. larda Ispaniyadan kuchib borganlarning avlodlari (87%); metislar, negr va mulatlar ham yashaydi. Tub aholisi — indeyslar (bribrlar, boruka va b.) 1% ga ham yetmaydi. Rasmiy til — ispan tili. Davlat dini — katolik dini. Aholisining 44,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Xose, Limon, Turrialba va b.
Tarixi. Hozirgi K.-R. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, sohillarda ular ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan. Markaziy togʻlik joylarda indeyslar dehkrnchilik, oltin, mis eritish, kulolchilik bilan shugʻullangan. 1502-y. K.-R. (ispanchaboy sohil) X. Kolumb tomonidan kashf etilib, Nuevo-Kartago deb atalgan. K.-R. ga 1513-y. da ispanlar bostirib kirdi. 1560-y. da mamlakat Gvatemala tarki-biga qushib olindi. 60-y. larga kelib ispanlar K.-R. hududini batamom egallab oldi. 16-a. da Kartago (K.-R. poytaxti), 18-a. da Erediya, San-Xose va b. shaharlar barpo etildi. 1810-y. dan K.-R. aholisi ispan hukmdorlariga qarshi kurashdi va 1821-y. 15 sent. da mustaqillikka erishdi. 1822-y. mamlakat Meksika imperiyasiga kushildi. 1823-y. da esa Markaziy Amerika Birlashgan viloyatlari federatsiyasi tarkibiga kirdi. Shu yildan San-Xose sh. K.-R. poytaxti boʻlib qoldi. 1825-y. K.-R. ning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi va K.-R. mustaqil davlat sifatida ajralib chikdi (1838).
50-y. lar oxiridan mamlakat iqtisodiyoti tez rivojlana boshladi. 1901-y. Milliy respublika partiyasi tashkil topdi. 1920-y. ishchilar yalpi ish tashlab, 8 soatlik ish kuni joriy qilinishiga erishdilar. 1941-y. da K.R. fashistlar Germaniyasiga urush eʼlon qildi. R. A. Kalderon hukumati mehnatkashlar talabi bilan bir qancha demokratik isloxrtlar oʻtkazdi.
1948-y. da mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Nikaragua diktatori A. Somosa qoʻshinlari madadi bilan reaksion kuchlar gʻalaba qildi. 1953—58 y. larda hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamladi. 1970—74 y. larda ichki siyosiy turmushni demokratiyalash va millim suverenitetni mustahkamlash choralarini koʻrdi. 1986-y. da prezident etib saylangan O. Ari-as betaraflik siyosatini olib bordi. K.-R. — J945-y. dan BMT aʼzosi. 2001-y. iyunda OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy ozodlik partiyasi, 1945-y. da tuzilgan; Milliy ittifoq partiyasi, 1947-y. asos solingan; Sotsial-xristian birlik partiyasi, 1983-y. tashkil etilgan; Kostarikan xalqi partiyasi, 1984-y. tuzilgan. K.-R. mehnatkashlari unitar konfederatsiyasi, 1980-y. asos solingan; K.-R. demokrat mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1966-y. asos solingan.
Xoʻjaligi. K.-R. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ulushi 22%, sanoat ulushi 27%. Iktisodiy faol aholining 30% q. x. da, 15% sanoatda band. Mayda va oʻrtax. ol dehqonlar koʻpchilikni tashqil qiladi. Q. x. mahsulotining 60% dan koʻprogʻi chetga sotiladi. Texnika ekinlaridan shakarqamish, abaka, tamaki, shuningdek, sholi, makkajoʻxori, oq joʻxori, kofe, banan, kakao, sitrus va b. yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. 1 yilda 3,9 mlrl. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, sement i. ch., metallsozlik, avtomobil yigʻish, neftni qayta ishlash va kimyo korxonalari bor. Iqtisodiyotning kimyo, rezinatexnika, metallurgiya, sellyulozaqogʻoz tarmoqlari, chet el sayyohligi rivojlangan. Asosiy sanoat markazi — San-Xose sh. K.-R. da 1,4 ming km t. y., 26 ming km avtomobil yoʻli bor. Asosiy portlari: Limon va Puntarenas. 2 aeroport bor. K.-R. chetga kiyim-kechak, kofe, banan, kakao, qand-shakar, goʻsht, ki-myoviy tovarlar chiqaradi. Chetdan transport vositalari, yoqilgʻi, oziq-ovqat keltiradi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — kolon.
Tibbiy xizmati. K.-R. da tibbiy xizmat, asosan, davlat tasarrufida. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar San-Xosedagi un-tning tibbiyot f-tida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1973-y. da majburiy 9 y. lik taʼlim joriy qilingan, birok amalda boshlangʻich taʼlim majburiydir. Taʼlimning barcha bosqichlari — bepul. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 y., oʻrta maktabda — 5 y. K.-R. da 5 un-t, shu jumladan, San-Xosedagi K.-R. un-ti (1843), Eredia sh. da Milliy un-t (1973) bor. San-Xoseda Lingvistika akademiyasi (1923), Tarix va geogr. akademiyasi, Atom energiyasi milliy komissiyasi (1967), Milliy ilmiy jamgʻarma, Milliy geogr. in-ti (1944) va b. ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona (1888), un-t kutubxonasi, Milliy muzey (1887) va Milliy teatr galereyasi mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.-R. da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: «Nasyon» («Millat», kundalik gaz., 1946-y. dan), «Republika» («Respublika», kundalik gaz., 1950-y. dan), «Prensa libre» («Erkin matbuot», kundalik kechki gaz., 1889-y. dan), «Ora» («Soat», kundalik gaz., 1946-y. dan), «Gaseta» («Gazeta», kundalik gaz., 1878-y. dan), «Libertad» («Ozodlik», haftalik gaz., 1962-y. dan), «Abaniqo» («Yelpigʻich», haftalik jur.,), «Polemika» («Bahs», jur., 1981-y. dan). Radioeshittirishlarni nazorat qiluvchi milliy boshqarma va hukumat telest-yasi mavjud. Bir qancha tijorat telest-yalari qam ishlaydi. Telekoʻrsatuvlar 1960-y. dan olib boriladi.
Adabiyoti. K.-R. mustamlaka davri va undan ilgarigi adabiyoti kam oʻrganilgan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin K.-R. adabiyoti mustaqil rivojlana boshladi. 1890—91 y. larda bir necha shoirning «Kosta-Rika nazmi» toʻplamida milliy oxanglar yangradi. 20-a. boshlarida xalq turmushi aks ettirilgan koʻplab hikoyalar, qis-salar, dramalar va sheʼrlar yozildi. 10 — 30-y. lar ijod etgan K. Gaxini, X. Kardona, Kosta-rika Lira romanlarida ijtimoiy muammolar yoritildi. 30— 40-y. lar adabiyotida turli oqimlar paydo boʻldi. M. Ximenes, R. Brenes Mesen kabi yozuvchi va shoirlar «Sanʼat sanʼat uchun» nazariyasini targʻib qildilar. K. L. Falyasning «Mamita Yunay», «Markoye Ramires» kabi romanlarida ijtimoiy kurash mavzui oʻz ifodasini topdi. X. Marin Kanyans, X. Gutyerres, F. Dobles va b. yozuvchilarning romanlarida, X. M. Seledon, G. Dobles va b. shoirlar ijodida, X. L. Sanches, D. Galyegos Troyo va b. novellalarida ijtimoiy-tanqidiy tamoyillar rivoj-lantirildi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. K.-R. ning qad. sanʼati Meksika, Panama va Kolumbiya madaniyati bilan mushtarak. Boʻrtma tosh mehroblar, bahaybat toshlardan yasalgan boshlar, odam va hayvon gavdalari, sopol haykalchalar, qimmatbaho toshlardan, oltin va mis qotishmalaridan yasalgan narsalar, shakl va taqinchoqlar saqlangan. 18-a. gacha bunyod etilgan qurilishlar zilzilalar va qaroqchilar hujumi natijasida vayron boʻlgan. Mustamlaka davrida shaharlar (San-Xose, 1737—38) barpo etila boshladi. Ular toʻgʻri rejali qilib qurilgan va koʻkalamzorlashtirilgan. Xom va pishiq gʻishtdan qurilgan hovlili uylardan tashqari bir qavatli beton imoratlar ham koʻp. Indeyslarning turar joylari palma poyalaridan qurilgan. Erediya va Orosi sh. larida barpo etilgan cherkovlar haligacha saqlanib qolgan.
Tasviriy sanʼati 19-a. da paydo boʻldi (haykaltaroshlar F. Gutyerres, X. Mora Gonsales, rassom E. Egandi Montero). 20-a. ning 20-y. larida manzarachilar, mahalliy grafikachilar maktabi tashqil etildi (F. Amigetti, M. de la Krus Gonsales va b.); ayniqsa, haykaltarosh F. Suniganing xalq hayoti asosida yaratgan indeyslar qiyofasi diqqatga sazovor. Xalq sanʼatida hunarmandchilik, oʻymakorlik, toʻqimachilik, kashtadoʻzlik, kulolchilik va b. rivojlangan.
Ensiklopediya.uz
Kosta-Rika