KOSMONAVT

KOSMONAVT

KOSMONAVT (kosmos va yun. nautes — dengizda suzuvchi) , astronavtkosmik kema (KK) da kosmosga parvoz qilib, kosmik texnikani sinovchi va ishlatuvchi, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan kishi; kosmosga inson parvoz qilganidan (1961) soʻng paydo boʻlgan kasb. AQSH da astronavt deb ataladi. Kosmonavtda muayyan xususiyatlar (uchuvchilik qobiliyatining yuqoriligi, har xil shoshilinch vaziyatlarda tez qaror qabul qila olishlik, shovqinlar, titrashlar, tezlik va tezlanishlarning uygʻunlashgan taʼsiriga, vaznsizlikka chidamlilik, amaliy va ilmiy kuzatuvlarni oʻtkazish hamda natijalarni qayd qilib bora olishlik, jismoniy va ruhiy jihatdan barkamol boʻlish, faloqat va haloqatli vaziyatlarda shoshib qolmay, yonidagilarga yordam qoʻlini choʻzish va b.) mujassam boʻlishi lozim. Shuning uchun Kosmonavt likka nomzodlar dastlab, asosan, harbiy uchuvchilar, sinovchi-uchuvchilar orasidan tanlab olingan. Keyinchalik kosmik kemalar ekipajlari tarkibiga maxsus tayyorgarlik va bilimga ega boʻlgan olimlar va muhandislar ham kiritila boshladi. Hozir (2003) ularning katoriga maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan sayyohlar ham qoʻshilmokda.

Ensiklopediya.uz
KOSMONAVT