KOSMIK NAVIGATSIYA

KOSMIK NAVIGATSIYA

KOSMIK NAVIGATSIYAkosmik apparat (KA) ni boshqarish, tor maʼnoda — uning massa markazi harakatini boshqarishni tashqil etish. Kosmik navigatsiyaning asosiy masalalari navigatsiya parametrlarini oʻlchashdan va KAning massalar markazlari holat vektorlarining fazodagi hoz. vaziyatlarini (KAning gʻalayonlangan harakat trayektoriyasini tavsiflovchi) aniqlashdan iborat. Kosmik navigatsiyaning qoʻshimcha masalalari: KAning haqiqiy orbitasini aniqlash, berilgan orbitadan ogʻishlarni hisoblash va b. Navigatsiya sistemasi kema borti va Yerdagi oʻlchash va hisoblash vositalarini oʻz ichiga oladi. Agar KAning harakat parametrlarini faqat bortdagi vositalar yordamidagina aniqlanadigan boʻlsa, Kosmik navigatsiya avtonom hisoblanadi. Kosmik navigatsiya sistemasi Yer sharining turli joylarida xarakatlanayotgan kema va samolyotlarning koordinatalarini ham yuqori aniqlikda aniqlashiga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
KOSMIK NAVIGATSIYA