KOSHON

KOSHON

KOSHON — Eronning markaziy qismidagi shahar, Tehron ostonida. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 201,3 ming kishi (1997). Koshonda toʻqilgan gilamlar dunyoda mashhur. Ipak gilamlarning asosiy qismi eksport qilinadi. Ip gazlama, shoyi, chinni qanjillar, misgarlik va kulolchilik buyumlari ishlab chiqariladi. Koshon oʻrta asrlarda Eronning eng yirik badiiy-hunarmandchilik markazi boʻlgan. Msʼmoriy yodgorliklardan Maydon masjidi (13-a., 15-a. da qayta qurilgan), Zayniddin minorasi (11-a.), Imom-zola Habib ibn Muso maqbarasi (13-a.), shoh Abbos I saganasi (17-a.) saqlangan.

Ensiklopediya.uz
KOSHON