KOSHGʻARIY

KOSHGʻARIY

KOSHGʻARIY, Mahmud Koshgʻariy ibn Husayn ibn Muhammad (II-a.) — turkshunoslik ilmining asoschisi. filolog olim. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub. Otasi Xusayn ibn Muhammad oʻsha davrdagi Baregan elining amiri boʻlgan. Koshgʻariy boshlangich maʼlumotni oʻz qishlogʻida, yuqori maʼlumotni Koshgʻar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7—8 tilni puxta egallagan. Soʻng u Buxoro, Samarqand Marv Nishopur sh. larida bilimini oshirgan. 1056—57 y. larda mamlakatdagi ichki nizolar natijasida olim oʻz vatanini tark etib. 15 y. davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan. Ana shu yillarla «u turkiy xalqlar yashaydigan oʻlkalarni kezib, bu yerlardagi turkiy qabila va urugʻlar, ularning kelib chiqishi va nomlanishi, joylashish oʻrinlari. urf-odatlari, ayniqsa, til xususiyatlarini sinchiklab oʻrganadi. Soʻng Bagʻdodga borib, ancha vaqt shu shaharda ijod qilgan, xususan, 1072-y. (baʼzi manbalarda — 1074 i. va undan ham keyin) dunyoga mashxur asari «Devonu lugʻotit turk» («Turkiy soʻzlar devoni»)ni yozib bitiradi va uni abbosiylardan boʻlgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammadil Muqtado biamrillohga bagʻishlaydi. Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izoxli, etnografik, tarixiy-etimologik lugʻatlarning barcha unsurlarini qamrab oluvchi lastlabki universal lugʻat boʻlib, oʻz muallifini dunyoga ulugʻ adabiyotchi, tarixchi geograf va b. koʻp fanlarlan yaxshi xabardor boʻlgan yirik fan arbobi. qomusiy olim sifatida tanitdi. Bu asarida olim turkiy qabila va urugʻlar (xalqlar) tillaridagi soʻzlar maʼnosini arab tilida izoxlab beradi. Misol sifatida esa maqollardan va badiiy adabiyotdan parchalar keltirali. Bu xaqda Koshgʻariyning oʻzi yozadi: «Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼlar, maqollar, qoʻshiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezalim… Men isteʼmoldagi soʻzlarnigina berdim, isteʼmoldan chiqqanlarini tashladim… Soʻngra men har bir qabilaga mansub soʻzlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qoʻllanishini qisqacha izoqlab koʻrsatish uchun alohida yoʻl tutdim. Bu misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanilib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlaridai, maqollaridan keltirdim». Shuni aytish kerakki, «Devon»da berilgan adabiy parchalar, til faktlari faqat I 1-a. adabiyotining namunalari bulmay, ularning aksar qismi juda uzoq oʻtmish davrlarning mahsulidir. Shu jihatdan bunday parchalar turkiy tillarning kelib chiqish tarixini, rivojlanishini. adabiy harakatining juda uzoq tarixini belgilashga xizmat qiluvchi eng muhim hujjatdir. Asardagi bir qancha geografik, etnografik maʼlumotlar ham tegishli sohalar nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
KOSHGʻARIY