KOSA
KOSA (kxosa) , amakosa, jan. zulu, kafrlar — Jan. Afrika Respublikasi (JAR)da yashovchi bantu guruhiga mansub xalq. JARda 7,4 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari), Botsvanada 5 ming kishi yashaydi. Katta negroid irqiga mansub. Isikosa tilida soʻzlashadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida. Dindorlari — protestantlar, anʼanaviy diniy eʼtiqodlar saqlangan. Kosa dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik (qurolsozlik, zargarlik) b-n shugʻullanadi.
Ensiklopediya.uz
KOSA