KORROZIYA

KORROZIYA

KORROZIYA (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jinslar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va b.)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari Korroziyasi zanglash deb ham ataladi (yana q. Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan Korroziyaning oldini olish mumkin;

Ensiklopediya.uz
KORROZIYA