KORRESPONDENSIYA haqida
KORRESPONDENSIYA
Mundarija
скрыть
KORRESPONDENSIYA (lot. correspondeo yoki correspondentia — javob beraman, bildiraman) — publitsistik janr. Unda maʼlum davr va oʻrindagi aniq ijtimoiy jarayon qamrab olinadi. Korrespondensiya 2 xil — axborot va tahliliy tarzda boʻladi. Axborot Korrespondensiyada, odatda, muallif shaxsan oʻzi koʻrgan vokealarni yoritadi, xabarlarni dalillar asosida tahlil etadi, umumlashtiradi, xulosalar chikaradi. T a hl i l i y K. da ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan dalillar demokratik nuqtayi nazardan tahlil etilib, amaliy xulosalar chi-qariladi. Korrespondensiya matbuotda eng keng tarqalgan janrlardan biri.
Ensiklopediya.uz
KORRESPONDENSIYA