KORONOGRAF
KORONOGRAF (lot. corona — toj va…graf) — quyosh tojini oʻrganish uchun moʻljallangan teleskop. Quyosh tojidan toʻshayotgan yorugʻlik selostat qurilma yordamida katta masshtabli surat olish uchun uzun fokusli fotokameraga yoʻnaltiriladi. Quyosh tutilishi kam boʻlganligi uchun, Quyosh tojini doimiy kuzatish maqsadida Koronografdan foydalaniladi. Unda Quyosh tasvirini toʻsib qoladigan qoʻshimcha disk bor. K. yassi linza, ekran — toʻsqich maydon linzasi, diafragma va Quyosh tojining tasvirini fotoqogʻozga tushiruvchi obyektiv linzadan iborat. Shunday Koronografni birinchi boʻlib fransuz astronomi B. Lio yasagan (1930) va Pikdyu-Midi (Fransiya) rasadxonasidan Quyosh tojini kuzatgan (1931). Koronograflar yaqin vaqtlargacha dengiz sathidan ancha balandga (Pikdyu-Midida 2870 m, Aroza togʻida 2050 m) oʻrnatilardi.
Ensiklopediya.uz
KORONOGRAF