Koronavirusning yangi turi biz uchun xavotirlimi?

Koronavirusning yangi turi biz uchun xavotirlimi?

Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya va Avstraliyada koronavirusning yangi turi aniqlangani dunyo miqyosida yana xavotirli holatni keltirib chiqardi. Bu haqda Platforma yozmoqda. 

Xabarda yozilishicha, ushbu davlatlarda, haqiqatan ham, COVIDning mutasiyaga uchragan turi qayd etilganini Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ham tasdiqladi. Hozircha mazkur infeksiya xususida aniq bir tahlil yo`q. Faqat shunisi ayonki, yangi turdagi koronavirusning tarqalish xususiyati juda yuqori.    

Shuning uchun ham hozirgi vaqtda 20 dan ortiq davlat xavflilikning to`rtinchi darajasi e`lon qilingan Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to`xtatdi. Saudiya Arabistoni esa chegaralarini bir haftaga to`liq yopdi va xalqaro reyslarni butunlay bekor qildi. Boshqa ko`plab mamlakatlar ham COVIDning yangi shtammi aniqlangan mamlakatlardan keluvchilarni qat`iy nazoratga olib, karantin choralarini kuchaytirdi.

Xo`sh, xalqaro maydonda epidemiologik vaziyat yana murakkablashayotgan ekan, biz bu borada qanday ehtiyot choralarini ko`rmoqchimiz? O`zi xavotirlanishga asos bormi? O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi mana shu xususda aholiga tezkor va aniq ma`lumot taqdim etsa, maqsadga muvofiq bo`lardi. 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirusning yangi turi biz uchun xavotirlimi?