Koronavirusning «britancha» shtammi aniqlangan O`zbekistondagi ilk bemorning ahvoli haqida ma`lumot berildi

O`zbekistonda koronavirusning britancha shtammi ilk marta 10 yoshli bolada aniqlangandi. Ma`lum bo`lishicha, qizchada kasallik og`ir kechmagan va asoratlar qoldirmagan. 12 kunlik davolanishdan so`ng shifoxonadan uyiga javob berilgan.

O`zbekistonda koronavirusning britancha shtammi qayd etilgani haqida 30 yanvar kuni xabar qilingandi. Yangi shtamm 23 yanvarda oila a`zolari bilan BAAdan Toshkentga qaytgan 10 yoshli qizda aniqlangandi.

«Koronavirusning britancha shtammi bizning hududimizda ilk bor qayd etilgan 10 yoshli qiz BAAning Dubay shahridan kelgan va joriy yilning 23 yanvarida gospitalizasiya qilingandi.

Bemor o`z vaqtida va belgilangan standartlar bo`yicha to`laqonli davolandi. Kasallik og`ir kechmadi, asoratlar qoldirmadi va hozirgi kunda bemor sog`ayib, 5 fevralda uyiga javob berilgan. Ya`ni 12 kun davomida davolash va kuzatuvda bo`lgan.

Qayta tekshiruvlar natijasida unda virus aniqlanmagan», – deydi Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi rahbari Furqat Sanaev.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya